Palliativ yordam · uyda parvarish

Yaqiningizni uyda parvarish qilish — qadam-baqadam

Yaqin insoningiz ogʻir betob boʻlganda, koʻp narsani yoʻl-yoʻlakay oʻrganishga toʻgʻri keladi. Bu yerda qisqa videodarslar, sodda yoʻriqnomalar va koʻp beriladigan savollarga javoblar jamlangan.

Siz yolgʻiz emassiz.

  • 10ta videodars, har biri bir daqiqacha
  • 13ta bosqichma-bosqich yoʻriqnoma
  • 22ta savolga javob

Parvarish nimadan boshlanadi

Parvarishning besh tamoyili

Ogʻir bemorni parvarish qilish — faqat muolajalar emas. Yonida qanday turishimiz ham muhim.

  1. Xavfsizlik

    Ozodalik, tartib, mayin yorugʻlik va toza havo. Yaqiningiz kam harakatlansa ham, atrofi xavfsiz boʻlishi kerak.

  2. Xoli qolish

    Oʻzi bilan va yaqinlari bilan xoli qolishiga vaqt bering. Muolajalarni xotirjam, osoyishtaligini buzmasdan bajaring.

  3. Hurmat

    Insonga shaxs sifatida munosabatda boʻling: tanlovni oʻziga qoldiring va muolajadan oldin ruxsat soʻrang.

  4. Muloqot

    Bir tekis ovoz, eʼtibor, mehr bilan teginish. U nima haqida gaplashishni istasa, shu haqda gaplashing — va tinglang.

  5. Mustaqillik

    Kuchi yetadigan ishni oʻzi qilsin. Inson oʻz hayotini oʻzi boshqarish istagini yoʻqotmaydi.

Inson behush boʻlsa ham, uning yonida u sizni eshitayotgandek gapiring.

2-dars · Parvarishning besh tamoyili

Videodarslar

Oʻnta qisqa dars

Har bir dars — bir daqiqacha. Mavzuni tanlang va koʻring.

Oʻzbek tilidagi videolar tayyorlanmoqda. Hozircha darslar rus tilida.

Yotib qolgan bemor uchun xona va karavot

Koʻp vaqtini toʻshakda oʻtkazadigan yaqiningiz uchun xonani qanday jihozlash kerak?

Yoʻriqnoma Yuklab olish

Barcha darslar

0 / 10 koʻrildi

Xona

Qulay xona — hammasi shundan boshlanadi

Rasmdagi nuqtalarga bosing: xonani yaqiningiz uchun xavfsiz, siz uchun qulay qiladigan olti narsa.

Xona rasmi: karavot, chiroqli tumbochka, gulli deraza, gilamcha va kreslo
  1. Deraza tashqi olam bilan bogʻlab turadi. Xonani kuniga kamida ikki marta shamollating; xona harorati — 21 °C ± 2 °C.

  2. Yorugʻlik oʻtkir va bezovta qiladigan boʻlmasligi kerak. Bitta kuchli chiroqdan koʻra bir nechta xira chiroq yaxshiroq.

  3. Suv, koʻzoynak, kitob, tungi chiroq — karavot yonidagi tumbochkada, ularga choʻzilishga toʻgʻri kelmasin.

  4. Poldan matrasgacha — 60–70 sm, ikki tomondan yaqinlashish mumkin boʻlsin. Shunda yaqiningizga ham, parvarish qiluvchiga ham qulay.

  5. Karavot oldida — tagi rezinali gilamcha. Sirpanchiq gilamcha bemor uchun ham, siz uchun ham xavfli.

  6. Suyanish mumkin boʻlgan mustahkam mebel hamda parvarish vositalari va dorilar uchun alohida burchak. Ortiqcha narsalarni olib qoʻygan maʼqul.

«Xona va karavot» yoʻriqnomasi toʻliq

Yotoq yaralari

Terini qayerda asrash kerak

Yotoq yaralari teri uzoq vaqt tana ogʻirligi ostida ezilgan joylarda paydo boʻladi. Ularni davolashdan koʻra oldini olish ancha oson. Holatni tanlang — xavfli joylarni koʻrasiz.

orqa tomondan

Qanday oldini olish mumkin

  • Shifokor boshqacha tavsiya bermagan boʻlsa, tana holatini har 2 soatda oʻzgartiring.
  • Kuniga bir necha marta choyshabdagi ushoqlarni qoqib tashlang.
  • Choyshab va ichki kiyimda gʻijim, burmalar boʻlmasligiga qarang.
  • Terini toza va quruq tuting, yuvintirgandan keyin himoya kremi surting.

Terida ketmayotgan qizarish yoki yarani koʻrsangiz — shifokor yoki hamshiraga koʻrsating.

Bemorni toʻshakda oʻgirish

Oʻgirish taymeri

Yaqiningizni qachon oʻgirganingizni belgilang — keyingi oʻgirish vaqtini aytamiz.

Belgi faqat shu qurilmada saqlanadi. Sahifa yopiq boʻlsa, eslatma kelmaydi.

Har kuni

Bugun

0 / 9 bajarildi

Kun uchun qisqa roʻyxat. Belgilar ertalab tozalanadi va faqat sizning qurilmangizda saqlanadi.

Rasm: qoʻl yurakni tutib turibdi

Parvarish qilayotganlarga

Oʻzingizni ham asrang

Ogʻir bemorni parvarish qilish — katta mehnat. Charchoq, xavotir, jahl, koʻz yosh — bu zaiflik emas, oddiy tuygʻular.

  • Imkon boʻlganda uxlang va ovqatlaning
  • Yordam soʻrang: navbatni yaqinlaringiz bilan boʻlishing
  • Toza havoga chiqing — bir necha daqiqaga boʻlsa ham
  • His-tuygʻularingiz haqida gapiring — yaqinlaringiz yoki shifokor bilan

Oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilsangiz, unga ham gʻamxoʻrlik qilgan boʻlasiz.

Savol-javoblar

Eng koʻp soʻraladigan savollar

Javob topa olmasangiz — oilaviy shifokor yoki hamshiradan soʻrang: ular yaqiningizning ahvolini biladi.

Yordam haqida

Palliativ yordam nima?

Bu ogʻir, davolab boʻlmaydigan kasalliklari bor insonlarga va ularning oilalariga koʻrsatiladigan yordam. Uning maqsadi — ogʻriq va kasallikning boshqa ogʻir belgilarini yengillashtirish, insonni qoʻllab-quvvatlash va qadr-qimmatini saqlash.

Palliativ yordam kimlarga kerak?

Ogʻir, zoʻrayib boruvchi kasalligi bor insonlarga: onkologik kasalliklar, ogʻir yurak, oʻpka, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, ogʻir insult yoki jarohat asoratlari, demensiya va asab tizimining boshqa kasalliklarining kechki bosqichlarida. Yaqiningizga kerak yoki kerak emasligini shifokor aniqlaydi.

Palliativ yordam — davolash toʻxtatildi degani emasmi?

Yoʻq. Bu ham tibbiy yordam, faqat maqsadi boshqa: inson ogʻriq sezmasligi, oʻzini osoyishtaroq va yengilroq his qilishi. Muolajalar va ogʻriqni qanday yengish haqida davolovchi shifokor bilan gaplashing.

Yaqinimga uyda parvarish kerak boʻlsa, nimadan boshlash kerak?

Yashash joyingizdagi poliklinikaning oilaviy shifokoriga murojaat qiling. Yaqiningizning ahvolini aytib bering va uyda qanday yordam olish mumkinligini soʻrang. Ungacha xona va karavotni tayyorlang — parvarish shundan boshlanadi.

Xona va karavot
Qachon tez yordam chaqirish kerak?

Yaqiningiz nafas ololmasa, hushidan ketsa yoki ahvoli keskin yomonlashsa — darhol 103 ga qoʻngʻiroq qiling.

Har kuni

Yotib qolgan bemorning holatini qanchalik tez-tez oʻzgartirish kerak?

Shifokor boshqacha tavsiya bermagan boʻlsa, har 2 soatda. Holatni muntazam oʻzgartirish yotoq yaralarining oldini olishga yordam beradi.

Bemorni qanday oʻgirish kerak
Yotoq yaralari koʻpincha qayerda paydo boʻladi?

Teri tana ogʻirligi ostida ezilgan joylarda. Chalqancha yotganda — ensa, kuraklar, tirsaklar, dumgʻaza va tovonlar; yonboshlab yotganda — quloq, yelka, chanoq-son boʻgʻimi, tizza va toʻpiqlar.

Xavfli joylar xaritasi
Yotoq yaralari boʻlmasligi uchun nima qilish kerak?

Tana holatini oʻzgartirib turish, choyshabdagi ushoqlarni qoqish, kiyim va choyshabdagi burmalarni tekislash, terini toza va quruq tutish, yuvintirgandan keyin himoya kremi surtish.

Yotoq yaralarining oldini olish
Choyshabni qanchalik tez-tez almashtirish kerak?

Haftada bir marta va ifloslanganda darhol. Qoʻl ostida uch-toʻrt toʻplam boʻlgani qulay.

Choyshabni almashtirish
Xona harorati qanday boʻlishi kerak?

21 °C ± 2 °C. Xonani kuniga kamida ikki marta shamollating.

Yaqinim falaj. Uni qanday oʻgirish kerak?

Holatni shifokor yoki hamshira bilan birga tanlang: ular aynan sizning yaqiningizni qanday oʻgirishni koʻrsatib beradi.

Ovqatlanish

Yotgan holda ovqatlantirish mumkinmi?

Yoʻq. Faqat oʻtirgan yoki yarim oʻtirgan holatda ovqatlantiring va boshini orqaga tashlashiga yoʻl qoʻymang. Ovqatdan keyin yaqiningiz yana biroz oʻtirsin.

Yotib qolgan bemorni ovqatlantirish
Bemor qalqib ketsa, nima qilish kerak?

Yoʻtal, boʻgʻilish — ovqatlantirishni toʻxtating. Nafas ololmayapti — 103 ga qoʻngʻiroq qiling. Ovqat nafas yoʻllariga ketganining belgilari: keskin yoʻtal, hansirash, yuzning qizarishi, koʻzdan yosh chiqishi.

Yaqinim juda sekin ovqatlanadi. Nima qilish kerak?

Shoshirmang. Chaynash va yutishga vaqt bering, sekin chaynashini soʻrang va ovqat paytida yolgʻiz qoldirmang.

Gigiyena

Yaqinim oʻrnidan turmasa, uni qanday yuvintirish kerak?

Toʻshakning oʻzida, 36–37 °C li iliq suv bilan. Tananing faqat yuvayotgan qismini oching va uni darhol qayta yoping.

Bemorni toʻshakda yuvintirish
Ogʻiz boʻshligʻini nima bilan parvarish qilish kerak?

Tish choʻtkasi yoki doka tampon bilan; ogʻiz uchun eritma — shifokor maslahati bilan. Lablarga vazelin yoki gigiyenik pomada surting. Yaqiningiz yutishga qiynalsa, parvarish usulini shifokor bilan kelishing.

Ogʻiz boʻshligʻini parvarish qilish
Tagliklar sudno va gigiyenaning oʻrnini bosadimi?

Tagliklar — sudnoning muqobili, lekin gigiyenani bekor qilmaydi: ifloslansa, darhol almashtiring va terini tozalang, yuvintirgandan keyin esa himoya kremi surting.

Tagliklar: tanlash va kiydirish
Yaqinim toʻshakda hojat qilishdan uyaladi. Qanday yordam berish kerak?

Eshikni yoping, shoshirmang va taʼna qilmang. Xavfsiz boʻlsa, uni yolgʻiz qoldiring va kerak boʻlganda chaqirishini soʻrang.

Sudnoni (tuvakni) tutish

Muloqot va siz

Ogʻir bemor bilan qanday gaplashish kerak?

U nima haqida gaplashishni istasa, shu haqda oddiy, bir tekis ovozda gapiring — shivirlamang ham, baland ham gapirmang. Tinglang, koʻziga qarang, qoʻlidan ushlang: tinglash va teginish — eng muhimi. Gaplashishni istamasa, buni tushunish bilan qabul qiling.

Yaqinim behush. U bizni eshitadimi?

Uning yonida u sizni eshitayotgandek gapiring va u eshitishini istamagan gaplarni aytmang.

Yaqinimni yolgʻiz qoldirish mumkinmi?

Uni uzoq vaqt yolgʻiz qoldirmang: yolgʻizlikda inson undan qoʻl siltashdi deb oʻylashi mumkin. Lekin vaqti-vaqti bilan yolgʻiz qolishni istaydimi, deb soʻrab turing — baʼzan bu kerak boʻladi.

Men juda charchayapman. Bu normalmi?

Ha. Ogʻir bemorni parvarish qilish — katta mehnat, charchoq esa zaiflik emas. Yaqinlaringizdan yordam soʻrang, imkon boʻlganda uxlang va ovqatlaning, ahvolingiz haqida shifokorga ayting.

Oʻzingizni ham asrang

Qayerga murojaat qilish kerak

Yordam yaqin

Palliativ yordam — ogʻir, davolab boʻlmaydigan kasalliklari bor insonlarga va ularning oilalariga koʻrsatiladigan yordam. Uning maqsadi — ogʻriq va boshqa ogʻir belgilarni yengillashtirish, insonga osoyishtalik va yengillik berish.

  • Oilaviy shifokor

    Birinchi qadam — yashash joyingizdagi poliklinika. Shifokorga yaqiningizga uyda parvarish kerakligini ayting, palliativ yordam va ogʻriqsizlantirish haqida soʻrang.

  • Tez tibbiy yordam

    Yaqiningiz nafas ololmayapti, hushidan ketdi, ahvoli keskin yomonlashdi — darhol qoʻngʻiroq qiling.

    103
  • Sogʻliqni saqlash vazirligi call-markazi

    Tibbiy yordam boʻyicha maʼlumot.

    1003

Palliativ yordam qayerda koʻrsatiladi

  • Uyda

    Koʻpchilik uchun uyda osoyishtaroq, yaqinlari ham yonida boʻla oladi. Parvarish qilayotganlarga shifokor va hamshira nima qilishni va qanday qilishni tushuntiradi.

  • Shifoxona yoki xospisda

    Ogʻriqsizlantirish yoki ogʻir belgilarni davolashni kecha-kunduz kuzatuv ostida tanlash kerak boʻlganda.

Sayt materiallari maʼlumot berish uchun moʻljallangan va shifokor maslahatining oʻrnini bosmaydi. Muolaja va dorilarni davolovchi shifokor bilan muhokama qiling.

Xona va karavot

Koʻp vaqtini toʻshakda oʻtkazadigan yaqiningiz uchun xonani qanday jihozlash kerak.

Kerak boʻladi

Xona

Xona va karavot: Xona

Karavot yonida

Karavot

Xona va karavot: Karavot

Choyshabni almashtirish

Choyshabni bemorni karavotdan turgʻizmasdan almashtirish mumkin.

Kerak boʻladi

Yolgʻiz boʻlsangiz

Choyshabni almashtirish: Yolgʻiz boʻlsangiz

Ikki kishi boʻlsangiz

Choyshabni almashtirish: Ikki kishi boʻlsangiz

Bemor qimirlay olmasa

Choyshabni almashtirish: Bemor qimirlay olmasa

Bemorning kiyimini almashtirish

Qoʻl harakatlanmasa ham, uchta qoida koʻylakni almashtirishga yordam beradi.

Asosiy qoidalar

Bir qoʻli falaj boʻlsa

Bemorning kiyimini almashtirish: Bir qoʻli falaj boʻlsa

Ikkala qoʻli falaj boʻlsa

Yotoq yaralarining oldini olish

Yotoq yaralari teri uzoq vaqt tana ogʻirligi ostida ezilgan joylarda paydo boʻladi. Ularni davolashdan koʻra oldini olish ancha oson.

Yotoq yaralari qayerda paydo boʻladi

Qanday oldini olish mumkin

Xavfli joylar xaritasini ochish

Bemorni toʻshakda oʻgirish

Yotib qolgan bemorni yonboshga va qaytadan chalqancha qanday xavfsiz oʻgirish mumkin.

Oddiy oʻgirish — qisqa vaqtga

Bemorni toʻshakda oʻgirish: Oddiy oʻgirish — qisqa vaqtga

Uzoq vaqtga oʻgirish — oʻzingizdan nariga

Bemorni toʻshakda oʻgirish: Uzoq vaqtga oʻgirish — oʻzingizdan nariga

Qaytadan chalqancha

Bemorni toʻshakda oʻgirish: Qaytadan chalqancha

Yotib qolgan bemorni ovqatlantirish

Toʻshakdan turmaydigan odamni qanday xavfsiz ovqatlantirish mumkin.

Kerak boʻladi

Tayyorgarlik

Ovqatlantirish

Yotib qolgan bemorni ovqatlantirish: Ovqatlantirish

Ovqatdan keyin

Bemorni toʻshakda yuvintirish

Bemor dush qabul qila olmasa, uni toʻshakning oʻzida yuvintirish mumkin.

Kerak boʻladi

Yuz va boʻyin

Bemorni toʻshakda yuvintirish: Yuz va boʻyin

Qoʻllar, koʻkrak, oyoqlar

Bemorni toʻshakda yuvintirish: Qoʻllar, koʻkrak, oyoqlar

Orqa

Ogʻiz boʻshligʻini parvarish qilish

Ogʻir bemorning ogʻzi qattiq qurishi mumkin, shuning uchun ogʻiz boʻshligʻini ayniqsa puxta parvarish qilish kerak.

Kerak boʻladi

Qadamma-qadam

Ogʻiz boʻshligʻini parvarish qilish: Qadamma-qadam

Sudnoni (tuvakni) tutish

Hojatda yordam berish — nozik muolaja. Asosiysi — odob: bemorni shoshirmang va taʼna qilmang.

Kerak boʻladi

Bemor yordamlasha olsa

Sudnoni (tuvakni) tutish: Bemor yordamlasha olsa

Kuchi yetmasa

Xoli qoldirish va gigiyena

Tagliklar: tanlash va kiydirish

Tagliklar namni tez shimadi va teri quruq qoladi — bu yotoq yaralarining oldini olish uchun muhim.

11 qadam

Qanday tanlash kerak

Qanday kiydirish kerak

Muhim

Dushda yordam berish

Yaqiningiz vannaxonagacha bora olsa, unga oʻtirgan holda dush qabul qilishga yordam bering.

6 qadam

Kerak boʻladi

Qadamma-qadam

Dushda yordam berish: Qadamma-qadam

Toʻshakda bosh va oyoqlarni yuvish

Bosh va oyoqlarni bemorni karavotdan turgʻizmasdan yuvish mumkin.

10 qadam

Kerak boʻladi

Bosh

Toʻshakda bosh va oyoqlarni yuvish: Bosh

Oyoqlar

Toʻshakda bosh va oyoqlarni yuvish: Oyoqlar

Tirnoq olish

Tirnoq olishdan oldin ularni iliq sovunli suvda yumshatish kerak.

8 qadam

Kerak boʻladi

Qoʻllarda

Oyoqlarda

Videoni saytga joylash

Kodni saytingiz sahifasiga joylang — unda shu video pleyeri paydo boʻladi.